» » Qozog‘istondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan AI-92 benzini g‘oyib bo‘ldi

Qozog‘istondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan AI-92 benzini g‘oyib bo‘ldi


Qozog‘iston AYoQShlaridan eng ommabop avtomobil yoqilg‘isi — AI-92 benzini g‘oyib bo‘ldi. Ekspertlar tanqislikni mahalliy ishlab chiqarish yetarli emasligi va davlat tomonidan jiddiy nazorat o‘rnatilmagani bilan izohlamoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Hozirda AI-92 benzinini naqd pulga faqat bir brendga tegishli AYoQShlarda sotib olish mumkin. Boshqa kompaniyalar stansiyalarida uning miqdori cheklangan yoki faqat talon va yoqilg‘i kartalari orqali sotilmoqda. 

Neftgaz bozori eksperti Sergey Smirnovga ko‘ra tegishli idoralar tomonidan qattiq nazorat o‘rnatilmagani yoqilg‘i tanqisligiga olib kelmoqda. Qozog‘istondagi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi ham bunga sabab bo‘lmoqda. Mamlakat benzinning 30, dizel yoqilg‘isining 15 foizini Rossiyadan import qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘istonda yana benzin qimmatlagani ma’lum qilingandi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-10-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют