» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?


Ilgari xabar qilinganidek, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Jami o‘ndan ortiq hujjat imzolandi.

Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida ushbu hujjatlar ro‘yxati keltirildi:

Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi kelishuv (2017-yil 5-sentabr) bo‘yicha yorliqlar almashish haqida bayonnoma;

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati huzuridagi iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha davlat xizmati (moliyaviy politsiya) va O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti o‘rtasida “Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi o‘rtasida rasmiy statistika sohasidagi hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi;

Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi o‘rtasida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasiga mineral o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi bosh shtabi va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi o‘rtasida “Harbiy hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;

“Qabar” Qirg‘iziston milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;

Qirg‘iziston Respublikasi transport va yo‘llar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi tashqish savdo vazirligi o‘rtasida “Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandum;

Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahri meriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahri hokimiyati o‘rtasida “Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv;

Qirg‘iziston Respublikasi Batken shahri meriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona shahri o‘rtasida “Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют