» » Toyota yangi Century sedanini taqdim etdi (foto)

Toyota yangi Century sedanini taqdim etdi (foto)


Toyota kompaniyasi yangi avlod Century sedanini taqdim etdi. Avtomobilning ommaviy taqdimoti 26-oktabrda Tokio avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Motor-shouda mashinaning prototipi namoyish etiladi, biroq kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha u seriyali talqindan farq qilmaydi, deb yozmoqda Autonews.

Century Yaponiyada 1967-yildan buyon ishlab chiqariladi, uchinchi avlod sedanida ko‘p o‘zgarish qilinmagan. Mashinaning uzunligi 5335 millimetr, eni 1930 millimetr, balandligi esa 3090 millimetrni tashkil qiladi. Avtomobil besh litr sig‘imli V8 dvigateli bilan jihozlanagan.

Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, sedanga maxsus shianalar o‘rnatilgan. Ular nafaqat yo‘ldagi tebranishni kamaytiradi, balki kamroq shovqin chiqaradi. Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun massaj funksiyasi, audiotizim, sensorli displey va oyoq uchun yig‘iladigan taglik ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют