» » Dunyoning amaldagi chempioni Germaniya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritdi

Dunyoning amaldagi chempioni Germaniya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritdi


Ioxim Lyov boshqaruvidagi Germaniya milliy terma jamoasi 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etadi.

Saralashning 9 ta o‘yinida 9 ta g‘alabaga ega chiqqan nemislar bunga muvaffaq bo‘ldi. Ular 9-turni kecha tunda Belfast shahrida o‘tkazib, Shimoliy Irlandiyani taslim qildi — 3:1.

Shimoliy Irlandiyaning o‘zi umidni yo‘qotganicha yo‘q. Ular pley-off o‘yinida ishtirok etadi. Chexiya, Norvegiya, Ozarbayjon, San-Marino kabi termalar esa mundialda ishtirok etmaydi.

Germaniya jahonning amaldagi chempioni hisoblanadi. 2014-yil Braziliyada o‘tgan mundialda nemislar Argentina ustidan 1:0 hisobida zafar quchib, jahon kubogiga ega chiqqandi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya.

JCh—2018. Saralash
“C” guruhi. 9-tur
5-oktabr, payshanba

Gollar: Yan Kopits, 35 (0:1). Afran Ismaylov, 55-pen (1:1). Antonin Barak, 66 (1:2).

Gollar: Sebastyan Rudi, 2 (0:1). Sandro Vagner, 21 (0:2). Joshua Kimmix, 86 (0:3). Josh Majennis, 90+3 (1:3).

Gollar: Markus Xenriksen, 8 (0:1). Joshua King, 15-pen (0:2). Joshua King, 17 (0:3). Muhammad Elyunussi, 40 (0:4). Muhamad Elyunussi, 48 (0:5). Ole-Kristian Selnes, 59 (0:6). Muhammad Elyunussi, 69 (0:7). Martin Linnes, 87 (0:8).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют