» » Davlat dumasi deputati IShIDga asir tushgan ikki rossiyalik halok bo‘lganini aytdi

Davlat dumasi deputati IShIDga asir tushgan ikki rossiyalik halok bo‘lganini aytdi


IShID jangarilari o‘zlariga asir tushgan Rossiya fuqarolari Roman Zabolotnoy va Grigoriy Surkanuni o‘ldirgan. Bu haqda Davlat dumasi deputati, MDH, Yevrosiyo integratsiyasi va rossiyaliklar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Viktor Vodolatskiy ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni “pravoslaviye dinidan qaytish, Vatanidan voz kechish, islomni qabul qilib, IShIDga qo‘shilish”dan kamera qarshisida voz kechgani uchun o‘ldirishgan.

Vodolatsiy ularning o‘limi haqida qanday xabar topgani noma’lum.

Avvalroq Roman Zabolotnoyning halokati haqida Rostov-Don shahar dumasi deputati Anatoliy Kotlyarov “ko‘ngillilar harakatidagi manbasi”ga tayanib xabar qilgan edi. Unda Grigoriy Surkanuning taqdiri haqida ma’lumot yo‘q edi.

Eslatib o‘tami, OAVlarda IShID asirga olingan ikki rossiyalik harbiy aks etgan videoni e’lon qilgani haqida axborot paydo bo‘lgan edi. Keyinroq esa Rossiya mudofaa vazirligi ikki nafar rossiyalik harbiy IShID jangarilari tomonidan asirga olinganini rad etgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют