» » Rossiyadagi avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyadagi avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi. Bu haqda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtabdagi manbaga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 21 kishi halok bo‘lgan, ulardan 3 nafari bolalardir”, — dedi manba. Qayd etishlaricha, avtobusda haydovchi bilan birgalikda jami 58 kishi bo‘lgan.

“RIA Novosti”ning Vladimir viloyati gubernatori matbuot kotibi Rita Shlyaxovaga asoslanib xabar berishicha, qurbonlarning kamida 15 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

“Davlat raqam belgilari Qozog‘istonniki bo‘lgan, ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Orexovskiydagi tirbandlikni aylanib o‘tish vaqtida temiryo‘l kesishmasi ustida o‘chib qolgan. Yo‘lovchilar uxlab yotgan bo‘lgan, haydovchi baqirib hammani uyg‘otgan, 34 kishi avtobusdan tushib, uni yurg‘azishga uringan. Ular omon qolgan, avtobusda qolganlarning bari halok bo‘lgan. Avtobus parchalanib ketgan”, — deydi Shlyaxova.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют