» » Next majmuasida “Xarid uchun limon” aksiyasi

Next majmuasida “Xarid uchun limon” aksiyasi


Next oilaviy majmuasi “Xarid uchun limon” aksiyasini e’lon qiladi va 5-oktabrdan 14-oktabrgacha shunchaki oddiy xaridlarni katta yutuqli shoppingga aylantirib yuborishga taklif etadi. Aksiyada ishtirok etganlar 1 000 000 so‘mlik 3 ta sertifikatdan birini yutib olishi mumkin. 

Azizlar, kuzning ma’yus kayfiyatiga qarshi eng zo‘r dori – shopping. O‘zingizni bir xursand qilish uchun do‘st-yaqinlarni chorlab, do‘kon aylanishingiz, eksklyuziv, o‘ziga xos uslubingizni yana bir karra ta’kidlab qo‘yadigan xaridlar qilishingiz o‘z-o‘zingizga ajoyib bayram tuhfa etishingiz bilan barobar. Buni yaxshi his etib turgan Next oilaviy majmuasi 5-oktabrdan 14-oktabrgacha “Xarid uchun limon ” aksiyasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Shu kunlardan nimalar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, bozoringizni bersin, deymiz! Faqat shuni e’tiborga olingki, aksiyada ishtirok etuvchi do‘konlarda qiymati 100 000 so‘mlik xaridni amalga oshirganda, chekni saqlab qo‘yib million so‘mlik sovrin uchun bahsga kirishingiz mumkin. Tabiiyki, cheklaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, g‘oliblik uchun imkoniyatlar ham shunchalik katta bo‘ladi.

Keling, aksiyada ishtirok etishning shartlarini birma bir qadam-baqadam tushuntirib о‘taylik:

Million so‘mlik sertifikatlar uchun yutuqli o‘yin Next oilaviy majmuasida 14-oktabr 20:00 da bo‘lib o‘tadi. Aynan shu kunda (14-oktabr) omadiga ishongan va qoidalarga e’tiborli, intizomli xaridor 10:00 dan 20:00 gacha majmuaga tashrif buyurib o‘z kuponining to‘ldirilgan qismini ajratib, uni maxsus lototronga tashlashi kerak.

Yutuqli o‘yinda qatnashish va g‘olib chiqqan taqdirda mukofotni qo‘lga kiritishning bosh sharti – sovrinlar o‘ynalayotganda bevosita bu jarayonda shaxsan ishtirok etishdir.

“Xarid uchun limon” aksiyasida ishtirok etishning to‘liq qoidalari bilan Next oilaviy majmuasining internet sayti www.nextmall.uz da batafsil tanishishingiz mumkin.

E’tibor bering! “Xarid uchun limon aksiyasida” quyidagi do‘konlar ishtirok etayapti:

Balabala, Joy, FOUR SEASONS, SML, Ati Bati,  Open, LAdy Art, Make Up, Persey, RESPECT, RIO, Belle, Bebetto, Love Pink, MINI ME, MILAVITSA, For Man, Man World, STEP, DP, Terra Pro, JUST!, RENZO RINALDI, Lg, La passion, BAGOZZA, Forever21, Vicco, AVVA, Climber, Li-Ning, Fashion Look, Anaki, Flubber, Phardi, Losssidi, Ricco Cizzano, Europa, Luxury , Basconi, Selfie, Korall.

Manzil: Bobur ko‘chasi, 6.

Telefon: 231-20-10.

Facebook: fb.com/nextmall  

Instagram: @next_mall

Telegram: t.me/nextmall

Reklama huquqi asosida!

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют