» » O‘zbekistonda TAS-IX’ning muqobili paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda TAS-IX’ning muqobili paydo bo‘ladi


O‘zbekistonda TAS-IX’ga muqobil tarmoqni yaratishni rejalashtirishmoqda, deb yozadi Norma. Natijada internet-kontentni ishlab chiqarish daromadli ishga aylanishi va Internet foydalanuvchilari uchun yangi manfaatli tariflar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Nashr eslatishicha, 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2017—2019-yillarga mo‘ljallangan dastur tasdiqlangan edi.

Hujjatda Internetning milliy segmentida trafik bilan ayirboshlashning yangi piring tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan, u operatorlar, provayderlar va kontent ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida yangi mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutadi. Texnik loyihani amalga oshirish bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, O‘zbekiston telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari shug‘ullanmoqda.

Yangi piring tarmog‘i 2004-yildan buyon ishlab kelayotgan amaldagi TAS-IX piring tarmog‘ining muqobili bo‘ladi deb hisoblab, loyihani “TAS-IX 2” yoki “pulli TAS-IX” deb ham atashmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют