» » Rossiyada poyezd bilan to‘qnashgan avtobusda o‘zbekistonlik 55 yo‘lovchi bo‘lgan

Rossiyada poyezd bilan to‘qnashgan avtobusda o‘zbekistonlik 55 yo‘lovchi bo‘lgan


Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd bilan to‘qnashuv avtobusda 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi va qozog‘istonlik ikki haydovchi bo‘lgan. Bu haqda, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakovga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Haydovchilardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi Pokrov shahridagi vaqtinchalik saqlash punktida bo‘lib turibdi”, — dedi u. Jaynakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi qozoq diplomatlari halok bo‘lgan va jabrlangan Qozog‘iston fuqarolariga zarur yordamni ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

6-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 3:39 da (Toshkent vaqti bilan 5:39 da) Vladimir viloyatining Petushinskiy tumanidagi temriyo‘l kesishmasida avtobus bilan poyezd o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Avtobus kesishma ustida o‘chib qolgan. “Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan poyezd mashinisti favqulodda to‘xtashni qo‘llashga uringan, biroq sostavni to‘xtata olmagan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV)ning hududiy boshqarmasi va Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, YTH oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan (avvalroq qurbonlar soni 21 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi). SSV ma’lumotiga ko‘ra, YTHdan omon qolgan 34 kishi hozirda vaqtincha yashash punktida bo‘lib turibdi. Avtobus salonida 57 kishi bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют