» » 2 tonna osh damlagan marg‘ilonlik oshpaz endi 2 ming litrlik sho‘rva qaynatdi

2 tonna osh damlagan marg‘ilonlik oshpaz endi 2 ming litrlik sho‘rva qaynatdi


Marg‘ilonlik 23 yoshli oshpaz Muhammadali Hayitboyev 2 ming litrlik sho‘rva qaynatdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Taomni tayyorlash uchun 300 kilogramm go‘sht, 100 kilogramm suyak, 50 kilogramm mol yog‘i, 100 kilogramm piyoz, 6 kiloramm tuz, 16 kilogramm qizil va ko‘k bulg‘or qalampiri, 10 kilogramm pomidor, 500 gramm sarimsoq piyoz, 400 gramm zira, 500 gramm qizartirgich, 300 gramm kashnich, 200 gramm zirk, 200 gramm murch hamda 2 ming litr suvdan foydalangan.

Muhammadli Hayitboyev bundan avval Marg‘ilonda tashkil etilgan “Atlas festivali”da 2 tonnalik palov tayyorlagan edi.

Qayd etish joiz, Toshkentda 8-sentabr kuni “O‘zbegim” festivali doirasida og‘irligi 7 tonnadan ziyod palov tayyorlangan va bu taom Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan edi.

Bundan avval, rekordchi megapalovga tayyorgarlik sifatida, 17-avgust kuni Olmaliq shahrida og‘irligi 6 tonna bo‘lgan palov tayyorlangan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют