» » Vladimirdagi avtobus va poyezd to‘qnashuvidan so‘ng ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan

Vladimirdagi avtobus va poyezd to‘qnashuvidan so‘ng ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan


Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida jabrlangan ikki bolaning ahvoli og‘ir. Bu haqda, viloyat gubernatori matbuot kotibi Rita Shlyaxova taqdim etgan ma’lumotga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Biz Shoshilinch bolalar jarrohligi va travmatologiyasi ilmiy-tekshirish instituti bilan yaqin aloqada bo‘lib turibmiz. Ikki bola og‘ir ahvolda mahalliy viloyat klinik kasalxonasiga yotqizilgani ma’lum. Vladimir viloyati gubernatori Svetlana Orlova ham hodisa joyida bo‘lib turibdi”, — dedi Shlyaxova.

Mavzuga doir: Rossiya tergovchilari Vladimirda kamida 15 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha ish ochdi

Institut rahbari Leonid Roshal jabrlanuvchi ikki bola haqidagi axborotni “RBK”ga tasdiqlagan. “Hozirgi vaqtda bizda YTH oqibatida jabrlangan ikki bola haqida axborot bor”, — dedi Roshal.

6-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:39 da (Toshkent vaqti bilan 6:39 da) Vladimir viloyati Petushinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida avtobus va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Avtobus nosozlik sabab kesishma ustida o‘chib qolgan. Poyezd mashinisti sostavni favqulodda to‘xtatishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

Mavzuga doir: Rossiyada poyezd bilan to‘qnashgan avtobusda o‘zbekistonlik 55 yo‘lovchi bo‘lgan

Halok bo‘lganlarning bari avtobus salonida bo‘lgan. Qozog‘iston TIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus salonida jami 57 kishi bo‘lgan — ularning 55 nafari o‘zbekistonlik yo‘lovchilar, qolgan ikkisi qozog‘istonlik haydovchi edi. Vladimir viloyati Sog‘liqni saqlash idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, avariyadan omon qolgan 34 kishi vaqtincha yashash punktida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют