» » O‘zbekistondagi 48 ta davlat tibbiyot muassasasi xususiylashtiriladi

O‘zbekistondagi 48 ta davlat tibbiyot muassasasi xususiylashtiriladi


O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan faoliyatini 10 yil davomida saqlash sharti bilan aktivlari xususiylashtirish tartibida savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Ro‘yxatga jami 48 ta obyekt, jumladan, Toshkent shahridagi ikki stomatologiya poliklinikasi kiritilgan. Bunday qaror qabul qilinishiga mazkur muassasalar faoliyatining samarasiz ekanligi sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Shuningdek, xususiy tibbiy xizmatlar ulushini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida ushbu obyektlar bazasida zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan xususiy klinikalar faoliyat ko‘rsatadi. Xususiylashtirish davomida ish o‘rinlari saqlab qolinishi, bu talab bajarilishini Raqobat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ta’minlashi ko‘zda tutilgan.

Qarorda xususiylashtirish jarayonida savdo ishtirokchilari takliflari mutanosib bo‘lgan taqdirda tibbiy muassasa mehnat jamoasi a’zosiga ustunlik berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют