» » Foto: Kamida 15 o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘lgan avtobus va poyezd to‘qnashuvi

Foto: Kamida 15 o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘lgan avtobus va poyezd to‘qnashuvi


Rossiyaning Vladimir viloyati Petushinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida mahalliy vaqt bilan 3:39 da (Toshkent vaqti bilan 5:39 da) avtobus va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Qozog‘iston davlat raqam belgilari ostida qozog‘istonlik haydovchilar boshqaruvida bo‘lgan avtobus kesishma ustida o‘chib qolgan. Qozog‘iston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda kamida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Hodisa oqibatida ikki qozog‘istonlik haydovchidan biri, shuningdek, kamida 15 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi halok bo‘lgan (manbalarda o‘zbekistonlik qurbonlar soni 18 nafar ekani, yana ikki bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani ta’kidlanmoqda). Rossiya Tergov qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘agan. O‘zbekiston rasmiylari hozircha bayonot bergani yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...