» » Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilarini olib qaytish uchun O‘zbekistondan maxsus bort uchadi

Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilarini olib qaytish uchun O‘zbekistondan maxsus bort uchadi


O‘zbekiston hukumati Rossiyaning Vladimir viloyatida 6-oktabr kuni yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan va omon qolgan O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus bort yuboradi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.

Manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, maxsus bort 6-oktabr kuni tushdan so‘ng Rossiyaga uchib ketishi kutilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati va boshqa mas’ullari vaziyat yuzasidan batafsil axborot yaqin vaqt ichida taqdim etilishini ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Vladimirdagi avtohalokat oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tezkor guruh tuzilgani va u Rossiyaga uchib ketishga tayyorligi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining tezkor guruhi Vladimirga jo‘nab ketishga tayyorligi ma’lum qilindi

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmalaridan birida 6-oktabr kuni avtobus va poyezd to‘qnashuvi yuz berdi. To‘qnashuv oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi halok bo‘lgan, ularning 18 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda (avvalroq 15 o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi). Shuningdek, yana ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir: Foto: Kamida 15 o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘lgan avtobus va poyezd to‘qnashuvi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda jami 57 kishi bo‘lgan. Ularning ikki nafari qozog‘istonlik haydovchi, qolgan 55 nafari esa o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan. Avtobus temiryo‘l kesishmasi ustida o‘chib qolgani aytilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют