» » Qozog‘iston vakillari Vladimirdagi 15 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan YTH joyiga yo‘l oldi

Qozog‘iston vakillari Vladimirdagi 15 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan YTH joyiga yo‘l oldi


Qozog‘istonning Rossiyadagi konsulligi vakillari Vladimir viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi yuz bergan hududga yo‘l oldi. Bu haqda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot kotibi Janar Kolbachayevaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Hodisa joyiga konsulligimiz vakillari yo‘l oldi. Avtobus haydovchilari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgani, ulardan biri halok bo‘lgani, ikkinchisi kasalxonada ekani ma’lum”, — dedi u.

Mavzuga doir: Foto: Kamida 15 o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘lgan avtobus va poyezd to‘qnashuvi

6-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:39 da (Toshkent vaqti bilan 5:39 da) Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida avtobus poyezd bilan to‘qnashdi. To‘qnashuv oqibatida, Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lgan. Ularning 15 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Mavzuga doir: Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilarini olib qaytish uchun O‘zbekistondan maxsus bort uchadi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют