» » Tramp harbiylar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘indan so‘ng, “bo‘rondan oldingi sokinlik haqida” e’lon qildi

Tramp harbiylar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘indan so‘ng, “bo‘rondan oldingi sokinlik haqida” e’lon qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy qo‘mondonlari va ularning turmush o‘rtoqlari bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan yig‘indan so‘ng, “sirli” bayonot berdi. Bu haqda Politico nashriga tayanib, “RBK” xabar qildi.

“Balki bu bo‘rondan oldingi sokinlikdir”, — dedi Amerika rahbari.

Ushbu yig‘inda aynan qaysi masala muhokama qilingani noma’lum. Biroq nashrning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Tramp Eron yadroviy kelishuvni bekor qilish kerakmi yoki yo‘q, shuni hal qilmoqda.

Reuters’ning ma’lum qilishicha, amerikalik harbiy amaldorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Tramp Tehron shartnoma “mohiyati”ni yana bir buzayotganini qayd etgan. “Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, — dedi Tramp.

Bundan tashqari, CNBC News’ning qo‘shimcha qilishicha, Tramp ma’muriyati “Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlantirilishini talab qilmoqda”. “Biz Pxenyan Qo‘shma Shtatlarga va uning ittifoqdoshlariga tahdid solmasligi uchun qilishimiz kerak bo‘lgan barcha ishni qilamiz”, — deya ta’kidlagan prezident.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Oq uyda harbiy amaldorlar bilan uchrashgunga qadar, Afg‘oniston va IShID terrorchilik tashkilotini ham eslab o‘tgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют