» » Bishkek va O‘shda “Oyqiz ertagi” filmi namoyish etiladi

Bishkek va O‘shda “Oyqiz ertagi” filmi namoyish etiladi


2017-yil 5—8-oktabr kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga O‘zbekiston madaniyati va san’atining bir guruh vakillari yo‘l oldi. Ular orasida o‘zbek kinematografiyasi namoyondalari ham bor, deb yozadi “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.

Bishkek va O‘sh shaharlarida o‘tkaziladigan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida rasmiy uchrashuvlar hamda “Zamonaviy O‘zbekiston” nomli tasviriy san’at va foto ko‘rgazma, konsert dasturlari va “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan, kinorejissor Akbar Bekturdiyevning “Oyqiz ertagi” badiiy filmi taqdim etiladi.

2016-yilning 20-mayidan ekran yuzini ko‘rgan “Oyqiz ertagi” tarixiy ertak filmini yaratishda zamonaviy texnologiyalar, kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. Kinoasarda vatanni sevish, uning daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrash, mardlik, halollik, yovuzlikka qarshi kurash singari ezgu g‘oyalar ulug‘langan.

Bosh rollarni taniqli yosh aktyorlar Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova ijro etgan. Film ssenariysi muallifi — Muhammad Davlatilloh, rejissor — Akbar Bekturdiyev.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют