» » O‘zbekistonlik shifokorlar Vladimirdagi YTHda jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Rossiyaga uchib ketdi

O‘zbekistonlik shifokorlar Vladimirdagi YTHda jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Rossiyaga uchib ketdi


6-oktabr tongida Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tezkor tibbiy guruh Rossiya Federatsiyasiga uchib ketdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Guruhga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan. Ular zarur tibbiy vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomoni jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatayotgan Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan avtohalokat oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarning holati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashib turibdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumati Rossiyadagi YTH oqibatida halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Mudofaa vazirligi samolyotida Vatanga qaytarish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish haqida ko‘rsatma berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTH oqibatida 19 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar olib bormoqda.

Mavzuga doir: Foto: Kamida 15 o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘lgan avtobus va poyezd to‘qnashuvi

Eslatib o‘tamiz, 6-oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi yuz bergan, oqibatda avtobusda bo‘lgan 56 nafar o‘zbekistonlikdan 19 nafari halok bo‘lgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют