» » Qimmatbaho metallar zargarlarga bank orqali sotiladi

Qimmatbaho metallar zargarlarga bank orqali sotiladi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qimmatbaho metallarni (oltin, kumush) sotib olish uchun zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari banklarga buyurtmanomalarni topshiradi. Buyurtmanomada ularning zarur hajmi ko‘rsatilishi kerak (kamida 100 gramm).

Bank “Litsenziya” axborot tizimi orqali arizachining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyasi mavjudligini tekshiradi va buyurtmanomani alohida ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Arizachi qimmatbaho metallarning buyurtmanomada qayd etilgan miqdorini sotib olish uchun zarur mablag‘larni bankda deponentga o‘tkazadi.

Shundan keyin bosh banklar Markaziy bank va Qimmatbaho metallar agentligiga shakllantirilgan yig‘ma buyurtmanomalarni taqdim etadi. Bunga javoban MB bosh bankka hisobvaraq-faktura taqdim etadi, bank 2 ish kuni ichida to‘lovni amalga oshirishi kerak.

To‘lovni qabul qilgach, MB tegishli vazndagi qimmatbaho metallar plastinalarini bosh bankka berish haqida agentlikka topshiriq beradi. Agentlikdan plastinalar olingan sanadan e’tiboran 5 ish kuni ichida ular zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga beriladi.

Markaziy bank va bosh banklar, shuningdek banklar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Plastina shaklidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallar to‘liq oldindan haq to‘lash sharti bilan milliy valyutaga sotiladi. Sof og‘irligiga qayta hisoblangan oltin va kumush qiymati, shuningdek, bankda deponentlanadigan mablag‘lar summasi hisob-kitobi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksingi va bank tomonidan MBga berilgan buyurtmanoma sanasida amal qilgan MB kursi asosida amalga oshiriladi.

Qimmatbaho metallar keyinchalik qayta sotish huquqisiz realizatsiya qilinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют