» » Mirjamol Qosimovning goli Mirjalol Qosimov jamoasini O‘zbekiston Kubogi finaliga olib chiqdi

Mirjamol Qosimovning goli Mirjalol Qosimov jamoasini O‘zbekiston Kubogi finaliga olib chiqdi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi O‘zbekiston Kubogining finaliga yo‘llanma oldi.

Yarim finalning poytaxtda o‘tgan dastlabki o‘yinida Samarqandning “Dinamo” klubi 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Samarqandda o‘tgan javob o‘yinida “qaldirg‘ochlar” 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning o‘g‘li Mirjamol Qosimov burchak zarbasidan to‘pni to‘g‘ri darvozaga aylantirib qo‘ydi — 0:2.

“Dinamo” va “Bunyodkor” klublari joriy mavsum 4 bor to‘qnash keldi. Toshkentdagi har ikki o‘yinda ham durang qayd etilgan bo‘lsa, Mirjalol Qosimov boshqaruvida jamoa Samarqandda ikki marta bir xil — 2:0 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekiston Kubogi yarim finalidan joy olgan ikkinchi bellashuvda “Nasaf” va “Lokomotiv” klublari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘zbekiston Kubogida zafar quchgan jamoa Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi.

O‘zbekiston Kubogi
Yarim final
6-oktabr, juma

Gollar: Otabek Shukurov, 19 (0:1). Mirjamol Qosimov, 45 (0:2).
Chetlatish: Amirjon Safarov, 41 (D).
Dastlabki o‘yin: 0:0

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют