» » Madagaskarda 33 kishi o‘lat kasalligidan vafot etdi

Madagaskarda 33 kishi o‘lat kasalligidan vafot etdi


Madagaskarda 230 dan ortiq kishi o‘latni yuqtirib olgan, 33 kishi mazkur kasallikdan vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi Tarik Yazarevichning ma’lum qilishicha, tashkilot mamlakat hududida transport vositalarining harakatiga hech qanday cheklov qo‘yishni rejalashtirmayapti.

“Madagaskarda 231 kishi o‘lat bilan kasallangan, 33 kishi vafot etgan”, — dedi u.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Madagaskarga besh ming nafar bemorni davolashga va yana 100 ming kishining salomatligini himoya qilishga yetadigan 1,2 million vaksina dozasini yuborgan.

Yazarevich Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Madagaskarga sayohat qilish va transportda harakatlanishga cheklov qo‘yishni tavsiya etmasligini ta’kidladi.

Tashkilotning qayd etishicha, Madagaskarda kasallikka chalinganlar sifatida ro‘yxatdan o‘tganlarning yarmi o‘pka vabosidan aziyat chekmoqda. Insonlar bu kasallikka chalinganidan so‘ng bir sutka mobaynida davolanmasa, vafot etadi. Bundan tashqari, o‘pka vabosi bir insondan ikkinchisiga yo‘tal orqali yuqadi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lat o‘z vaqtida aniqlansa, uni davolash mumkin.

Avvalroq, Madagaskarda 19 kishi o‘lat qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют