» » Vladimir viloyatida YTH uchragan poyezdning tormoz yo‘li 746 metrni tashkil etgan

Vladimir viloyatida YTH uchragan poyezdning tormoz yo‘li 746 metrni tashkil etgan


Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi vaqtida poyezd mashinisti avariyadan qochishga harakat qilgan va favqulodda tormozlanishni qo‘llagan, natijada tormoz yo‘lining uzunligi 746 metrni tashkil etgan. Bu haqda “Rossiya temir yo‘llari” tezkor shtabi majlisining hisobotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd to‘qnashuv sodir bo‘lgan joydan 400 metr narida soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Mashinist favqulodda tormozlanishni ishga tushirgan, yorug‘lik va tovush signallarini bergan. Favqulodda tormozlanish tezlikni minimal imkoniyatga qadar pasaytirishga yordam bergan, biroq oraliq masofa to‘liq to‘xtashni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan. Poyezdning tormoz yo‘li salkam 746 metrni tashkil etgan”, — deyiladi xabarda.

Poyezd tergov ishlari tugaganidan so‘ng, yana yo‘nalishi bo‘yicha harakatlana boshlagan, uning kechikishi 7 soat-u 6 daqiqani tashkil etgan.

Rossiyaning Vladimir viloyati Petushinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida mahalliy vaqt bilan 03:39 da (Toshkent vaqti bilan 05:39 da) avtobus va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv yuz berishi oqibatida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumati Rossiyadagi YTH oqibatida halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatadi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют