» » “O‘rnimiz paxtazorda”. Uychi tumani hokimi paxtani yig‘ib-terib olish uchun aholiga murojaat yo‘lladi

“O‘rnimiz paxtazorda”. Uychi tumani hokimi paxtani yig‘ib-terib olish uchun aholiga murojaat yo‘lladi


Namangan viloyatining Uychi tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdug‘ani Turdiyev tuman ahliga, paxta yig‘im-terimidagi barcha hasharchilarga murojaat yo‘lladi, deb xabar berdi UZ24.

Abdug‘ani Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Uychi tumani dalalarida 10 ming kishi terimda qatnashmoqda. Hokim terimchilar sonini 20 ming nafarga yetkazish niyatida. Bu tuman aholisining o‘ndan bir qismi demakdir. Shuningdek, Abdug‘ani Turdiyev profilaktika inspektorlariga ham murojaat yo‘llagan.

Hududingizdagi har bir xonadonni, unda yashovchi fuqarolarni yaxshi bilasiz. Ishonamizki, mavsum davomida tumanimiz ahli paxta tashvishi, yuksak xirmon umidi bilan yashashini uyushmagan, mehnatga layoqatli aholi qatlamiga, opa-singillarimiz qalbiga yetkazib, ularning terimda ommaviy ishtirok etishlari, dalalarda jasorat ko‘rsatishlariga erisha olasiz…

Abdug‘ani Turdiyev, Uychi tumani hokimi

Shu bilan birga tuman hokimi, mahalla raislariga murojaat qilib, 500 tadan kam bo‘lmagan xonadonni o‘z ichiga olgan har bir mahalladan kamida 200 nafardan ishga yaroqli aholiga hamma sharoitlari hozir-u nozir, ish haqi kafolatlangan, mehnatga qo‘shimcha rag‘bat beriladigan fermer xo‘jaligi dalasida paxta terib topshirish fuqarolik burchi ekanlgini tushuntirishlarini so‘ragan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют