» » TIV Kongoda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi

TIV Kongoda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi


Bir muddat ilgari Kongoda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi bu xabar yuzasidan ma’lumot berdi. Bayonot TIV saytida keltirildi.

“Ommaviy axborot vositalarining Kongo Demokratik Respublikasi Mudofaa vazirligi xabariga asoslangan ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 30-sentabr kuni Kinshasa shahrida An-12 harbiy transport samolyoti halokatga uchrashi oqibatida Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Ular Kongo Demokratik Respublikasida xususiy shartnoma asosida ishlagan”, — deyiladi xabarnomada.

Kongo Demokratik Respublikasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqlash maqsadida O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi Kongo elchixonasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют