» » O‘zbekiston FVV: Vladimirdagi YTHda 15 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan

O‘zbekiston FVV: Vladimirdagi YTHda 15 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Vladimir viloyatida ro‘y bergan YTH haqida rasmiy bayonot berdi. Bayonot matni O‘zAda keltirildi.

2017-yil 6-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yo‘lovchi poyezdi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Halok bo‘lganlarning 15 nafari O‘zbekiston fuqarosi, bir nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan. Yana besh nafar O‘zbekiston fuqarosi turli darajadagi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Prezidenti hukumat komissiyasini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Uning zimmasiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida halok bo‘lganlarning jasadini va jabrlanganlarni O‘zbekistonga olib kelish vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan yo‘l-transport hodisasiga uchragan fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hukumat halok bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, muqaddam O‘zbekiston TIV halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 19 kishini tashkil etgani borasida bayonot bilan chiqqan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-10-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют