» » Vladimirda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni qaytarish uchun Rossiyaga yo‘llangan maxsus samolyot Termizda qo‘nadi

Vladimirda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni qaytarish uchun Rossiyaga yo‘llangan maxsus samolyot Termizda qo‘nadi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Vladimir viloyatida ro‘y bergan YTH haqida qo‘shimcha axborot taqdim etdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekiston hukumati tomonidan jabrlangan hamda vafot etgan fuqarolarni olib kelish va zarur yordamni ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi maxsus harbiy samolyot Rossiyaga yo‘llandi.

Maxsus bortda, oldin xabar qilinganiday, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining yuqori malakali shifokorlaridan tashqari, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash, mudofaa, tashqi ishlar vazirliklarining vakillari bor.

Samolyot 6-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da uchib ketdi.

“Kun.uz” saytiga ko‘ra, bort Termizda qo‘nadi. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtobusda bo‘lganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют