» » Hamkasblar hurmatini qanday qozonish mumkin?

Hamkasblar hurmatini qanday qozonish mumkin?


Ishda shaxsiy munosabatlar juda katta ahamiyatga ega. Siz uchun hamkasblarning hurmatini qozonish va obro‘-e’tiborni o‘zgartirishga yordam beradigan bir necha maslahatlarni to‘pladik.

Bu faqat orastalik bilan harakatlanish va omma orasida o‘zini tutishni bilishnigina anglatmaydi. Har qanday vaziyatlarda ham o‘zini munosib ravishda tutish, boshqa odamlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish va ularni hurmat qilish zarur.

Hozirgi zamonda yaxshi muomala tarzi nimasi bilandir eskirgan va foydasiz hisoblanadi. Lekin aslida bu butunlay boshqacha. Agar siz yuqorida aytilgan fazilatlarga ega bo‘lsangiz, unda surbet, o‘ziga bino qo‘ygan va o‘z fikrini agressivlik bilan aytuvchi odamlar orasida ajralib turasiz.

Agar siz boshqa odamlarga ijobiy munosabatda bo‘lsangiz, odamlar sizning borligingizdan xursand bo‘ladi. Ular sizning gaplaringizga quloq soladi va hurmat qiladi.

Hurmat ko‘rsatish – bu siz har qanday muomalaga ko‘nishingiz kerak degani emas. Bu o‘z xudbinligingiz qadr- qimmatingizdan ustun kelishiga va obro‘yingizning tushishiga yo‘l qo‘ymaslik degani. Ba’zan, hatto agar haqiqat siz tomonda bo‘lsa ham, haqligingizni oxirigacha isbotlash shart emas.

Hatto mashhur odamlarning ham hammaga tanish bo‘lgan o‘z hayotiy muammolari bor. Muvaffaqiyatli hamkasbingizning hech qanday tashvishlari yo‘q va unga hamma narsada omad yordam beradi deb o‘ylamang. Biz hammamiz ham o‘z maqsadlarimizga erishish yoki boshqa odamlarning maqtovlariga sazovor bo‘lish uchun tirishib ishlaymiz.

Sizning mayda-chuydalarga qayg‘urish odatingiz yo‘q bo‘lsa ham, hayot har doim ham yengil va tashvishsiz bo‘lavermaydi. Qiyinchiliklarni qanday yengishingiz salomatligingizdan tortib to obro‘-e’tiboringiz va boshqa odamlar bilan bo‘lgan munosabatlaringizgacha bo‘lgan hamma narsaga ta’sir ko‘rsatadi.

Hayotingizga bo‘lgan javobgarlikni o‘z zimmangizga oling. O‘zingizni qo‘lga oling, kelajakni oldindan rejalashtiring, vaziyatlarga moslashishni o‘rganing va epchillikni yo‘qotmang.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют