» » Braziliyada qorovul bog‘cha binosini yoqib yuborishi oqibatida 6 bola halok bo‘ldi

Braziliyada qorovul bog‘cha binosini yoqib yuborishi oqibatida 6 bola halok bo‘ldi


Braziliyaning Minas-Jerays shtatida joylashgan bog‘cha qorovul tomonidan yoqib yuborilishi oqibatida olti nafar bola va bir nafar tarbiyachi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa 5-oktabr, payshanba kuni Janauba shahrida yuz bergan.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, bog‘cha qorovuli o‘zi va bolalarning ustiga spirt quygan, shundan so‘ng olov yoqqan.

To‘rt yoshli to‘rt nafar bola hodisa joyida vafot etgan. Yana ikki bola va 43 yoshli tarbiyachi kuyish oqibatida kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Qorovulning o‘zi ham yong‘in boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, jon bergan.

Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining xabar berishicha, kasalxonalarda bo‘lib turgan 24 nafar jabrlanuvchidan 21 nafari bolalardir.

Qorovul kamida sakkiz yildan beri bog‘chada faoliyat yuritar edi, uning ruhiy kasallikdan aziyat chekkanligi taxmin qilinmoqda.

Ushbu hodisa munosabati bilan mahalliy ma’muriyat yetti kunlik motam e’lon qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют