» » Toshkentda ayolning uyidan 29 ming dollarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda ayolning uyidan 29 ming dollarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi


2017-yilning 21-avgustida noma’lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro Natalya Andropovaning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, unga tegishli 29 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari hamda bahosi to‘rt million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Alisher Mirzayev sodir etganligi aniqlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining ismi va familiyasi o‘zgartirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют