» » Manchesterdagi klubda 30 yil avval yo‘qotilgan hamyon topildi. Klub xodimlari esa uning egasini izlab topdi

Manchesterdagi klubda 30 yil avval yo‘qotilgan hamyon topildi. Klub xodimlari esa uning egasini izlab topdi


Manchesterdagi O2 Ritz klubida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari davomida isitish batareyalarining orqasida 30 yil yotgan hamyon topildi. Uning ichida identifikatsion karta, kutubxonaga kirish ruxsatnomasi, chek kartasi va 12 pens bo‘lgan. hamyon Elizabet Sara Deyl ismli qizga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Joriy yilda 90 yoshga to‘ladigan klubning xodimlari hamyonning egasini topishga va undan 1980-yillarda klubda vaqtini qanday o‘tkazganini so‘rashga qaror qilgan.

Biroq Elizabet Deylni ijtimoiy tarmoqlarda izlash hech qanday natija bermagan, shundan so‘ng klub xodimlari britaniya OAVlariga murojaat qilishga qaror qilgan.

Qidiruvlar o‘z natijasini berib, Elizabet Sara Deyl 5-oktabrda topilgan. Ayolning aytishicha, u huquq fakultetida o‘qiyotgan vaqtida klubga tez-tez borib turgan, biroq hamyonni yo‘qotgan kechani eslay olmaydi.

Hozirda yoshi 51 da bo‘lgan Elizabet advokat bo‘lib ishlaydi va Londonning janubida yashaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют