» » Ispaniya terma jamoasi Rossiya—2018 da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi

Ispaniya terma jamoasi Rossiya—2018 da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi


Ispaniya termasi JCh—2018 chiptasiga ega chiqdi.

Saralashning 9-turini Alikante shahrida Albaniyaga qarshi o‘tkazgan Ispaniya yirik hisobda zafar quchdi — 3:0. Bungacha ular guruhdagi asosiy raqib Italiya termasini ham shu hisobda mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Italiya esa o‘z maydonida Makedoniyani taslim qila olmadi. Shu tariqa skuadro adzurra pley-off yo‘llanmasidan umid qiladigan bo‘ldi.

“Paxtakor” legioneri Gidi Kanyuk to‘p suradigan Isroil safarda Lixtenshteyndan ustun keldi. Kanyukning o‘zi maydonga tushmadi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya.

JCh—2018. Saralash
“G” guruhi. 9-tur
6-oktabr, juma

Gollar: Rodrigo, 16 (1:0). Isko, 24 (2:0). Tyago Alkantara, 27 (3:0).

Gollar: Jordjio Kyellini, 40 (1:0). Aleksandar Traykovski, 77 (1:1).

Gol: Eytan Tibi, 21 (0:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют