» » O‘zbekiston — Qirg‘iziston ishbilarmonlari biznes-forumida 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston — Qirg‘iziston ishbilarmonlari biznes-forumida 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi


Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston — Qirg‘iziston ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O;zA xabar berdi.

Unda ikki mamlakatning savdo, sanoat, iqtisodiyot, turizm industriyasi, elektr energiyasi, qurilish, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektr texnikasi, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi sohalarga ixtisoslashgan vazirlik, kompaniya va firmalari vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston — Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foiz o‘sib, 170 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokidagi 54 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, Qirg‘izistonda O‘zbekiston ishbilarmonlari tomonidan barpo etilgan 49 ta korxona ish yuritmoqda.

Forumda ikki mamlakatning 500 dan ziyod davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, firma, kompaniya hamda biznes doirasi vakillari ishtirok etdi. Savdo, sarmoya, energetika va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, mashinasozlik, qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish borasida manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Xususan, biznes-forumda avtomobilsozlik, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, maishiy texnika mahsulotlari kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlikka oid 17 ta hujjat imzolandi.

Muzokaralarga boy o‘tgan forumda qiymati 200 million dollardan ziyod shartnomalar imzolandi. Kelgusida o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 500 million dollarga yetkazish, qo‘shma korxonalar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlar ishtirokidagi bevosita “B2B” uchrashuvlarda ham turizm, oziq-ovqat, IT texnologiyalari, yengil sanoat kabi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют