» » Vikinglar deyarli JChda. Turklar Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi. Asosiy kurash: Ukraina — Xorvatiya

Vikinglar deyarli JChda. Turklar Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi. Asosiy kurash: Ukraina — Xorvatiya


Yevro—2016 qahramonlari sifatida tanilgan Islandiya termasi JCh—2018 chiptasini deyarli qo‘lga kiritdi.

Murakkab guruhdan joy olganiga qaramay, islandlar vazifani kutilganidan ancha yaxshi bajardi. So‘nggi turni Eskishaharda o‘tkazib, turklar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan Islandiya, nimalarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.

Shu tariqa Turkiya mundial chiptasidan rasman quruq qoldi. Islandiya so‘nggi turni o‘z maydonida Kosovoga qarshi o‘tkazishi inobatga olinsa, barcha masala deyarli haldek ko‘rinadi.

Vida, Modrich, Rakitich, Brozovich, Perishich, Kramarich, Manjukich, Pashalich kabi yulduzlari bor Xorvatiya esa o‘z maydonida Finlyandiyani taslim qila olmadi. Shu tariqa xorvatlar imkoniyatlarini ancha chegaralab qo‘ydi. Ular hech bo‘lmaganda pley-off yo‘llanmasiga ilinish uchun Ukrainada durang o‘ynashi kerak.

Ukraina so‘nggi turni o‘z maydonida o‘tkazishi evaziga nisbatan yaxshiroq imkoniyatga egadek tuyulmoqda. Bundesligada o‘zini ko‘rsatayotgan Yarmolenkoning goli jamoaga bu imkoniyatni taqdim etdi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya.

JCh—2018. Saralash
“I” guruhi. 9-tur
6-oktabr, juma

Gollar: Yoxan Gudmundsson, 32 (0:1). Birkir Byarnason, 39 (0:2). Kari Arnason, 50 (0:3).

Gollar: Mario Manjukich, 57 (1:0). Pyuryu Soyri, 90 (1:1).

Gollar: Leart Pacharada, 60-avt (0:1). Andrey Yarmolenko, 87 (0:2).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют