» » Suriya armiyasi Dayr az-Zor yaqinidagi Mayadin shahriga kirdi

Suriya armiyasi Dayr az-Zor yaqinidagi Mayadin shahriga kirdi


Suriya armiyasi IShIDning Dayr az-Zordan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan yirik tayanch nuqtalaridan biri — Mayadin shahriga kirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hukumat qo‘shinlari shahar g‘arbidagi bozor, Ar-Rahba qal’asi, Al-Galal va Al-Madfaiya tumanlarini nazorat ostiga oldi.

Ayni paytda armiya va jangarilar  o‘rtasida shahar janubida shiddatli to‘qnashuvlar ketmoqda.

Suriya televideniyesi Mayadindagi operatsiya davomida ko‘plab jangarilar yo‘q qilinganini ma’lum qildi, biroq aniq raqamlar keltirilmadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют