» » Britaniyaning Matchless brendi Putinga bag‘ishlangan kiyimlar kolleksiyasini ishlab chiqdi

Britaniyaning Matchless brendi Putinga bag‘ishlangan kiyimlar kolleksiyasini ishlab chiqdi


Britaniyaning Matchless brendi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bag‘ishlangan kiyimlar kolleksiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Dizaynerlar kolleksiyadagi buyumlardan biri — narxi 1,7 ming dollar bo‘lgan “Putin” charm kurtkasini (Putin Jacket) namoyish etdi. Kurtka 40 darajali sovuqqa chidamli bo‘lgan yuqori texnologiyali teridan tayyorlangan. Materialiga maxsus ishlov berilgani sababli issiqlik sifatlari va suv o‘tkazmasligi ikki barobar oshirilgan.

Kolleksiyadan, shuningdek, modelyerlar Rossiya yetakchisi timsolidan ilhom olib yaratgan, paxta va charmdan tayyorlangan palto va kurtkalar ham o‘rin oldi.

“Putin o‘zining 65 yoshida otda chopib, mototsikl haydayapti. Xokkey o‘ynash, dzyudo bilan shug‘ullanishni kanda qilmaydi. Bu hatto undan yosh yetakchilar uchun ham g‘aroyib holat. Aytgancha, u superdavlat bo‘lgan Rossiyani ham boshqaradi”, — ta’kidladi Matchless boshqaruvchi direktori Manuel Malenotti.

Mazkur kolleksiya taqdimoti 2018-yil yanvarida Londonda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-oktabr kuni 65 yoshga to‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют