» » OAV: Iroqning sobiq prezidenti kurd bayrog‘i ostida dafn qilindi

OAV: Iroqning sobiq prezidenti kurd bayrog‘i ostida dafn qilindi


Iroq sobiq prezidenti Jalol Talaboniy 6-oktabr, juma kuni Iroq Kurdistonidagi ona shahri — Sulaymoniyada harbiy sharaf bilan dafn etildi. Shafaq News’ning ma’lum qilishicha, sobiq rahbar bilan vidolashish marosimida hudud rasmiylari va xorijlik vakillar ishtirok etgan, deb xabar berdi “TASS”.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, marosim Iroq markaziy hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan, chunki Talaboniy tobutining ustiga Iroq milliy bayrog‘i emas, balki kurd bayrog‘i  yopilgan. Bundan tashqari, avvaliga Bag‘dod rahbariyati Talaboniy bilan vidolashish marosimi poytaxtda bo‘lib o‘tishini istagan edi, biroq sobiq prezidentning oilasi marhumning jasadi to‘g‘ri Sulaymoniyaga yetkazilishini talab qilgan.

Talaboniyning janozasiga o‘n minglab odam tashrif buyurdi. Bag‘dod bilan yuz berayotgan kelishmovchilikka qaramay marosimda iroq hamda kurd madhiyalari yangragan.

Iroqni 2005—2014-yillar oralig‘ida boshqargan Talaboniy 3-oktabr kuni Germaniyadagi shifoxonada 83 yoshida olamdan o‘tgan edi.

O‘tgan hafta referendum o‘tkazgan Iroq Kurdistoni rahbariyati sobiq prezidentning o‘limi munosabati bilan bir haftalik motam e’lon qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют