» » Suriya harbiylari Xoms viloyati sharqidagi IShIDga qarshi operatsiyalarini yakunladi

Suriya harbiylari Xoms viloyati sharqidagi IShIDga qarshi operatsiyalarini yakunladi


Suriya hukumat kuchlari ittifoq kuchlari bilan birgalikda Xoms viloyatining sharqida 1,8 ming kvadrat kilometr hududni ozod etib, IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi harbiy operatsiyalarni yakunladi. Bu haqda suriyalik harbiy manbaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Suriya armiyasining Xoms viloyati sharqidagi operatsiyasi IShIDning so‘nggi mudofaasini yakson etdi. 1,8 ming kvadrat kilometr hudud ozod etildi. Oxirgi o‘nlab qishloqlar nazorat ostiga olingan”, — deydi agentlik suhbatdoshi.

Shu bilan birga, qo‘shni Dayr-az-Zor viloyatida terrorchilarning yirik mudofaasi joylashgan Mayadin shahri tomon harakatlar davom etmoqda. Armiya shaharning g‘arbiy chekkasida terrorchilarga qarshi jang qilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют