» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qambarota-1 GESini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qambarota-1 GESini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi


Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi  va oliy darajadagi O‘zbekiston—Qirg‘iziston muzokaralari doirasida 6-oktabr, juma kuni bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston TIV saytida ushbu hujjatlar ro‘yxati keltirildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha bitim;

2. O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish uchun javobgarlikni topshirish to‘g‘risida bitim;

3. O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;

4. O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, Ola-buqa tumanidagi Orto-tokoy (Kosonsoy) suv ombori suv resurslaridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi bitim;

5. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekgidroenergo” AJ va Qirg‘iziston Respublikasining “Milliy energetika xolding kompaniyasi” OAJ o‘rtasida Qambarota-1 GESini qurish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;

6. 2017—2018-yillarda Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma.

5-oktabrdagi oliy darajadagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralaridan so‘ng 10 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar imzolangandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют