» » “Mashinani portlatib yuborishiga bir bahya qoldi”: ayol haydovchi 9 metrlik maydonchaga joylasha olmadi (video)

“Mashinani portlatib yuborishiga bir bahya qoldi”: ayol haydovchi 9 metrlik maydonchaga joylasha olmadi (video)


Buyuk Britaniyada haydovchi ayol 9 metrlik avtomobillar to‘xtash joyiga joylasha olmadi. Muvaffaqiyatsiz urinish videosini Daily Mail taqdim etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa Esseks grafligidagi Sautend-on-Si shahrida yuz berdi. Citroen C1 ni boshqarayotgan ayol avtomobillar o‘rtasidagi bo‘sh joyga kirishga yetti marta urindi, biroq bunga erisha olmadi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, mashina uzunligi (3,4 metr) maydoncha hajmidan (9,1 metr) deyarli uch barobar kichik.

Hodisa guvohi ayolning muvaffaqiyatsiz urinishlarini uzoq kuzatdi va unga yordam berishga qaror qildi. Biroq u uyidan chiqquncha, ayol ketib qolgan.

“Men uni stritreyser deb o‘yladim — motor shunchalik kuchli gurillardi. Derazadan qaradim va ayol avtomobillar turargohi bilan haqiqiy jang olib borayotganligini tushundim. Bunday burilishlar bilan mashinani portlatib yubormaganligidan hayratga tushdim”, — deb hikoya qiladi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют