» » Dunyo bo‘ylab 2016-yilda sodir bo‘lgan mojarolar oqibatida 8 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan

Dunyo bo‘ylab 2016-yilda sodir bo‘lgan mojarolar oqibatida 8 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan


2016-yilda butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan turli qurolli mojarolar oqibatida 8 mingdan ortiq bolakay halok bo‘ldi yoki tan jarohati oldi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Afg‘onistonda sodir bo‘lgan mojarolar oqibatida — 3512, Suriyada — 1915, Yamanda — 1340 nafar bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan.

“Bosh kotib (Antoniu Guterrish) 2016-yilda 8 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan yoki jarohat olganidan dahshat ichida qoldi… U bir nechta davlatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari maqsadga erishish yo‘lida BMT bilan hamkorlikda ishlayotganidan xursand (bolalar o‘limini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar)”, — deydi Dyujarrik.

Avvalroq, BMT IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashgan Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiyani Yamandagi mojaro vaqtida bolalarni o‘ldirgan va jarohatlagan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shgan edi. “Qora ro‘yxat”dan shuningdek, xusiylar, Yaman hukumat kuchlari, hukumatga yon bosuvchi isyonchilar, “Al-Qoida” a’zolari joy olgan.

Yamandagi harbiy-siyosiy mojaro 2014-yildan beri davom etib kelmoqda.

Suriyada esa qurolli mojarolar 2011-yilning martidan beri davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt davomida 220 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют