» » AQShda uch kishi Nyu-Yorkda teraktlar tayyorlashda ayblandi

AQShda uch kishi Nyu-Yorkda teraktlar tayyorlashda ayblandi


AQSh Adliya vazirligi AQSh, Kanada va Filippin fuqarolari bo‘lgan uch kishini Nyu-Yorkda terakt tayyorlashda aybdor deb topdi. Ular 2016-yili yozida bir nechta terrorchilik harkatini o‘tkazishni rejalashtirgan, deb xabar beradi “RBK”.

Ayblanuvchilar 19 yoshli Kanada fuqarosi Abdurahmon al-Bahnasaviy, Pokistonda yashovchi 19 yoshli AQSh fuqarosi Tala Horun va 37 yoshli Filippin fuqarosi Rassel Saliklardir. Ular Nyu-Yorkning gavjum joyida Ramazon oyida IShID nomidan teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan.

Ularning rejasida metroda, Tayms-skverda va bir necha konsertda qo‘poruvchilik harakatlari uyushtirish bor edi. Buning uchun ular portlovchi uskuna yasash uchun zarur materiallar sotib olgan va shahar chetida ishlash uchun joy ijaraga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют