» » Qozog‘iston TIV Atambayevning respublika rahbariyati haqidagi so‘zlarini qoraladi

Qozog‘iston TIV Atambayevning respublika rahbariyati haqidagi so‘zlarini qoraladi


Qozog‘iston TIV Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Qozog‘iston haqidagi oxirgi bayonotlarini keskin qoraladi. Tegishli bayonot TIV tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Oldin ma’lum bo‘lganidek, Bishkekda bo‘lib o‘tgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida Atambayev Qozog‘iston rahbariyatini 15-oktabrda bo‘ladigan prezident saylovida o‘z nomzodini o‘tkazishga harakat qilganlikda aybladi.

“Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi Almazbek Atambayevning Qozog‘iston Respublikasi rahbariyati haqidagi 2017-yil 7-oktabrdagi bayonotlari munosabati bilan o‘zining qat’iy noroziligini bildiradi va bunday bayonotlarga ikki do‘st mamlakatning o‘zaro munosabatlarida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblaydi”, — deyiladi hujjatda.

Matnda Qozog‘iston rahbariyati an’anaviy do‘stlik aloqalariga har doim sodiq qolishi alohida ta’kidlanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют