» » Fransiya prokuraturasi Nikolya Sarkozini sudlashni talab qilmoqda

Fransiya prokuraturasi Nikolya Sarkozini sudlashni talab qilmoqda


Fransiyaning moliyaviy qonunbuzarliklar bilan shug‘ullnuvchi prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini sudga topshirishni talab qildi. Bu haqda, Le Parisien gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, prokuratura Sarkozini korrupsiyada, poraxo‘rlikda va xizmat sirining fosh etilganini yashirishda ayblamoqda.

Shu kabi ayblovlar prokuratura tomonidan uning advokati Tyerri Erzog va kassatsion sud huzuridagi sobiq bosh prokuror, ayni kunlarda nafaqadagi Jilber Aziberga qarshi ilgari surilgan.

Sud tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha so‘rov prokuror Elian Ulett tomonidan imzolangan, ammo hali Sarkoziga yetkazilmagan.

Tergovchilarning fikricha, Sarkozi 2014-yili Erzog orqali Aziberdan yopiq xizmat ma’lumotini olishga uringan. Sobiq prezident shu yo‘l bilan “Bettankur ishi” doirasida musodara qilingan ishchi yozuvlarni qaytarishga uringan.

“Bettankur ishi” 2007-yili Sarkozining prezidentlik kampaniyasi noqonuniy moliyalashtirilgani yuzasidan yuz bergan mojarodir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют