» » O‘zbekistonlik 4 nafar bokschi Qozog‘istondagi turnir oltin medallarini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik 4 nafar bokschi Qozog‘istondagi turnir oltin medallarini qo‘lga kiritdi


Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi barcha vazn toifalarida o‘z sportchisi bilan ishtirok etgandi.

Shulardan 6 nafari hal qiluvchi final jangiga yetib keldi, deb ma’lumot berdi “Olamsport”. O‘z vazn toifalarida Mahmud G‘oipov, Isroid Madrimov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Otabek Xolmatov va Madiyor Saidrahimov final jangida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklandi. Mironshoh Ibragimov, Murod Ahmadaliyev, Sanjar Tursunov kabi sportchilar bronza bilan kifoyalandi.

4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqqan O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida qaysi pog‘onada bo‘lgani borasida ma’lumot berilmagan. Aniq tomoni shuki, Isroil Madrimov Aktauga kelgan bokschilar orasida eng yaxshisi deb topilgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev, Jasur Latipov, Shahram G‘iyosov, Iqbol Xoldorov, Hasanboy Do‘stmatov kabi bokschilar Qozog‘istonga tashrif buyurmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют