» » Xorazmda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan 63 yoshli ayol qo‘lga olindi (vidеo)

Xorazmda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan 63 yoshli ayol qo‘lga olindi (vidеo)


Milliy xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura xuzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy valyuta ayirboshlashning oldi olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Jumladan, Xiva tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar 63 yoshli Shukurjon Jumaniyozova va 49 yoshli Manzura Bozorovalar mijoz bilan o‘zaro kelishib, 7 ming dollarni 8150 so‘mdan sotmoqchi bo‘lgan. Ular mijozdan 57,05 million so‘m olib, kelishilgan summadan 5090 dollarni unga berib qolgan qismini yaqin orada berishga kelishgan vaqtda qo‘lga olindi.

Holat bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorijiy valyutaning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq yana bir holatga Namangan viloyati huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yildi. Uchqo‘rg‘onlik 52 yoshli Nasiba Do‘lotova, 53 yoshli Nosirjon Mamajonov va 52 yoshli Muhammadtohir Ubaydullayevlar mijozga 3500 dollarni 8500 so‘mdan sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. Ushbu holat bo‘yicha ham Jinoyat Kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют