» » Rossiyadagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyadagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti Rossiyaning Vladimir viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilariga aylangan fuqarolarni, shuningdek, unda halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib keldi, deb yozadi “Gazeta.uz” “O‘zbekiston 24”ga tayanib.

Moskva viloyati Jukovskiy shahridagi Ramenskoye aerodromidan uchgan Il-76 bortida avariyaning 36 ishtirokchisi va ularning 5 nafar qarindoshlari bor edi. Shuningdek, 15 nafar fuqaroning jasadi ham Surxondaryoga olib kelinib, 22 nafar surxondaryolik Termizda qoldi, samolyot esa Toshkentga yo‘l oldi.

Uch nafar jabrlanuvchi, shu jumladan, besh yoshli qizcha Vladimir viloyatidagi kasalxonada qolmoqda. Ular salomatligi yaxshilangach, vataniga qaytariladi.

6-oktabr kuni taxminan 4:00 da Vladimir viloyatidagi Pokrov stansiyasi yaqinida temir yo‘lni kesib o‘tish joyida to‘xtab qolgan 58 yo‘lovchili avtobusga poyezd kelib urilgan. 17 kishi halok bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют