» » Toshkent yuridik kolleji direktori lavozimidan ozod etildi

Toshkent yuridik kolleji direktori lavozimidan ozod etildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2017-yil 12-sentabrdagi 250-um-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda N.Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda ta’magirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qo‘llanilganligi, kadrlar qo‘nimsizligi yildan-yilga oshib borganligi, o‘quv jarayonida hamda bitiruvchilarga diplom berishda qonunchilik talablari buzilganligi, ish yuritish va ijro intizomi masalasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi, topshiriq va ko‘rsatmalarning tizimli ravishda bajarilmasligi hamda boshqa bir qator qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, kollej mehnat jamoasi o‘rtasida guruhbozlik va nosog‘lom muhit shakllanganligi, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarning o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi va rahbar xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi oqibatida 2017-yil 6-oktabr kuni o‘quvchilar tomonidan kollej hududida og‘ir jinoyat sodir etilgan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, Toshkent yuridik kolleji direktori N.Temirova tomonidan bir qator qonun hujjatlari talablari buzilgan deb topilgan.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli huquqiy baho berish uchun tekshiruv materiallari tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi hamda bugungi kunda ular tomonidan kollejda tegishli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, 2017-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining mas’ul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar kollej xodimlari va o‘qituvchilari ishtirokida muhokama qilinib, tashkiliy masala ko‘rildi.

Yuqoridagilarga asosan, ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Sabirovna Temirova “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida shu kollejning uch o‘quvchisi o‘rtasida 6-oktabr kuni yuz bergan kelishmovchilik ulardan birining o‘limi bilan tugagan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют