» » Fransiya JCh—2018 masalasini hozirgacha hal qilolmadi. Ibrahimovichsiz shvedlar 8 ta gol urdi

Fransiya JCh—2018 masalasini hozirgacha hal qilolmadi. Ibrahimovichsiz shvedlar 8 ta gol urdi


JCh—2018 da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun Yevro—2016 finalchisi Fransiya terma jamoasi yana biroz sabr qiladigan bo‘ldi.

Didye Desham boshqaruvidagi jamoa saralashning so‘nggi turida kichik hisobda ustun keldi va ochkolari sonini 20 taga yetkazib oldi.

Fransuzlarni esa Shvetsiya izma-iz ta’qib qilib kelmoqda. Bir tur avval Yevropa chempionatining amaldagi finalchisi Lyuksemburg darvozasiga gol ura olmay, 0:0 hisobidagi durangga rozi bo‘lgandi. Shvedlar esa mana shu jamoa postiga javobsiz 8 ta gol urdi. Markus Berg uchrashuvda poker qayd etdi.

Shuningdek, gollandlar Belarus maydonida zafar quchdi — 3:1. So‘nggi turda Fransiya Belarusni qabul qiladi. Pley-off yo‘llanmasi uchun kurash esa 10-oktabr kuni Gollandiya — Shvetsiya o‘rtasidagi o‘yinda kechadi. Tomonlarning Shvetsiyada o‘tgan birinchi o‘yinida durang bo‘lgandi — 1:1.

JCh—2018. Saralash
“A” guruhi. 9-tur
7-oktabr, shanba

Gollar: Andreas Grankvist, 10-pen (1:0). Markus Berg, 18 (2:0). Markus Berg, 37 (3:0). Markus Berg, 54 (4:0). Mikael Lustig, 60 (5:0). Andreas Grankvist, 67-pen (6:0). Markus Berg, 71 (7:0). Ola Toyvonen, 76 (8:0).

Gol: Blez Matyuidi, 4 (0:1).

Gollar: Devi Prepper, 24 (0:1). Maksim Volodko, 55 (1:1). Aryen Robben, 84-pen (1:2). Memfis Depay, 93+ (1:3).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют