» » Bokuda korrupsiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Bokuda korrupsiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi


Ozarbayjon poytaxti Bokuda “Talonchilikka qarshimiz” shiori ostida korrupsiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi, unga mingdan ortiq kishi chiqdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Aksiya Ozarbayjon demokratik kuchlar milliy kengashi tomonidan tashkil qilindi. Mitingda taxminan 1000—1500 kishi qatnashdi.

Ozarbayjon Milliy front partiyasi raisi Ali Kerimli aytishicha, “hukumat turli yo‘llar bilan bugungi aksiyani barbod qilishga intilgan”.

U siyosiy mahbuslarni yoqlab nutq so‘zladi va ularning ozod etilishini talab qildi. Kerimli hukumatni korrupsiya tufayli tanqid ostiga oldi.

“Odamlar xalqni talab, xalqqa tegishli mablag‘larni offshorlarga o‘tkazayotganlarga ‘stop’ deyish uchun bugun shu yerga yig‘ildi”, — deya ta’kidladi Kerimli.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют