» » Nigeriya va Kosta-Rika JCh—2018 ga yo‘l oldi. Ishtirokchilar soni endi 13 taga yetdi

Nigeriya va Kosta-Rika JCh—2018 ga yo‘l oldi. Ishtirokchilar soni endi 13 taga yetdi


Nigeriya va Kosta-Rika termalarining JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘ldi.

Kosta-Rika termasi o‘zining so‘nggi o‘yinida Gonduras bilan durang o‘ynadi. Oldinda faqatgina 1 ta tur qolgani inobatga olinsa, 3-o‘rindagi AQSh Kosta-Rikaga yeta olmaydigan bo‘ldi. Avvalroq Meksika vazifani birinchi bo‘lib uddalashga muvaffaq bo‘lgandi.

AQSh esa Panama ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa 11-oktabr kuni safarda Trinidad va Tobagoga qarshi maydonga tushadi. Mazkur mintaqada 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa qit’alararo pley-offda Avstraliya — Suriya to‘qnashuvi g‘olibi bo‘ladi.

Nigeriya esa o‘z guruhida 13 ochko jamg‘arib, muddatidan oldinroq masalani hal qildi. Bu yo‘lda Zambiya 1:0 hisobida taslim qilindi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют